Mazkur maqolada mualliflar tomonidan so'nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko'ra gossipolning turli xil tuzilishga ega bo'lgan birlamchi aminlar bilan olingan hosilalari gossipolga nisbatan yuqori biologik faollikka ega ekanligini bilgan holda, ushbu tezisda gossipolning 4-aminoantipirin bilan olingan shiffasosini olish usullari va olingan birikmaning ayrim fizik-kimyoviy xususiyatlari to'g'risidagi ma’lumotlar berildi. Shuningdek, olingan birikmaning kimyoviy tuzilishi va tahlil natijalari keltirildi.